Ma’lumki, shu kunlarda Xiva shahrida aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari izchil reja asosida olib borilmoqda.
Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi mutaxassislari hamda Xiva shahar Aholini ro‘yxatga olish bo‘limi xodimlari tomonidan ro‘yxatga olish ishlarida qatnashuvchi xodimlarni ishga qabul qilish bo’yicha talabgor bo‘lgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazish va ro‘yxatlarini shakllantirish davom etmoqda. Bundan tashqari, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida shahar hokimligi bilan birgalikda ro‘yxatga olish uchastkalarini tashkil qilish ishlari yakuniga etkazilmoqda. Shuningdek, kadastr idorasi tomonidan ishlab chiqilgan sxematik xaritalar bo‘yicha raqamlanmagan xonadonlarni raqamlashtirish, mahallalarning hududiy chegaralarini kartografik materiallar asosida yana bir marotaba aniqlashtirib olish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in davom etmoqda.
Axborot xizmati