2021- yilning 1- sentabr holatiga viloyatda 195 ta xorijiy kapital ishtirokida korxona faoliyat ko‘rsatgan. Ularning 119 tasini qo‘shma korxona, 76 tasini xorijiy korxona tashkil qilgan.
Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar umumiy sonining qariyb 60 % Urganch shahri va tumani hamda Xiva shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Jumladan:
- Urganch shahri – 67 ta (41 ta qo‘shma korxona, 26 ta xorijiy korxona),
- Urganch tumani – 23 ta (7/16 ),
- Xiva shahri – 18 ta (12/6).
Axborot xizmati