2021- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatda 5 281,2 mlrd.so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, nominal hajmi 1 285,8 mlrd.so‘mga oshgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan xizmatlar hajmining o‘sish sur’ati 121,3 % ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi hisobot davrida 2 781,3 ming so‘mga teng bo‘lgan. Avgust oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 698,9 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.
Axborot xizmati