24/09/2021

Mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda  targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega.  Shu kunlarda viloyatimizning barcha hududlarida keng jamoatchilikka tadbirning mazmun-mohiyatini etkazish va shu orqali ularning faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan qizg‘in targ‘ibot ishlarini olib bormoqdalar.  

   Joriy yilning 23-24- sentabr kuni   Yangiariq tumanining “Qorako‘z” MFY da , Yangibozor tumanidagi 3-son umumta’lim maktabi, “Qoratepa” MFY da, Xiva tumanining “Dashyoq” MFY, 38-sonli maktab hamda Yoshlar ittifoqi kengashining tuman bo‘limida, Bog‘ot tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabi va “Oqtepa” MFY da, Shovot tumani hokimligining qishloq xo‘jalik bo‘limi, “Turkiston” MFY va 49-son o‘rta maktabida, Urganch tumanidagi 27-sonli umumta’lim maktabida davra suhbatlari, uchrashuv va seminarlar tashkil etildi.

                                                                                Axborot xizmati