23/09/2021

Xorazm viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 58,9 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (19,7 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (39,2 %) o‘z ichiga oladi.

Aholi umumiy daromadlari tarkibida shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi 6,7 %, mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 1,3 %, transfertlardan olingan daromadlar ulushi 33,1 % ni tashkil qildi.

 

                                                         Matbuot xizmati