2021- yilning 1- sentabr holatiga ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 203 tani tashkil etib, ulardan 195 tasi yoki 96,1 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 42 taga yoki 27,5 foizga oshganligini ko‘rish mumkin.
Joriy yilning yanvar-avgust oyida viloyatimizda 22 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi.
Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning davlatlar kesimidagi soni:
Rossiya Federatsiyasi – 48 ta,
Turkiya – 47 ta,
Turkmaniston – 27 ta,
Xitoy – 15 ta,
Koreya – 10 ta,
Boshqa davlatlar – 48 ta.
Axborot xizmati