23/09/2021

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida viloyatda amalga oshirilgan jami qurilish ishlari hajmida (2 320,1 mlrd.)  yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 266,3 mlrd. so‘mni, jami hajmdagi ulushi esa 11,5 % ni  tashkil etdi. 

Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar  2020- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 150,9 % ga ko‘paygani kuzatilgan.

Viloyatning  Urganch shahri (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 47,1 % ), Xonqa tumanida   ( 19,5 % )  va Urganch tumanida ( 8,5 %  )  yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari jami qurilish ishlari hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan.

                                                                                                     Axborot xizmati