Mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Shu kunlarda viloyatimizning barcha hududlarida keng jamoatchilikka tadbirning mazmun-mohiyatini etkazish va shu orqali ularning faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan qizg‘in targ‘ibot ishlarini olib bormoqdalar.
Bugun, 23- sentabr kuni Urganch shahri va tumani hamda Xiva shahrining bir qator idora va tashkilotlarida targ‘ibot uchrashuvlari tashkil etildi. Xususan, Urganch shahridagi 12-son umumta’lim maktabi, “Gulchilar” mahalla fuqarolar yig‘ini, viloyat veterinariya boshqarmasi hamda TTA Urganch filialida, Xiva shahridagi “Qiyot” mahalla fuqarolar yig‘ini, tibbiyot kolleji o‘quvchilari hamda 17-sonli IDUM pedagoglari ishtirokida, Urganch tumani “Vatanparvar” tashkiloti hamda “Yangi o‘rtabog‘” MFY da o‘tkazilgan tadbirlarda aholini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari hamda o‘tkazilish mexanizmlari batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Axborot xizmati