Viloyatda qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 2021- yilning yanvar-avgust oylarida 1 260,0 mlrd.so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan va ular hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 54,3 % to‘g‘ri kelgan.
Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra tarkibi:
- Bino va inshootlar qurilishi – 778,7 mlrd.so‘m,
- Fuqarolik obyektlari qurilishi – 322,6 mlrd.so‘m,
- Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 158,7 mlrd.so‘m.
Ma’lumot o‘rnida: hisobot davrida viloyatda qurilish sohasida 2 053 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan bo‘lib, shundan 2 041 tasi yoki 99,4 % kichik korxona va mikrofirma hisoblanadi.
Axborot xizmati