2021- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatda mavjud dehqon va chorva (parranda) bozorlarida o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi dastlabki natijalari bo‘yicha uyushmagan savdo aylanmasining umumiy hajmi 1 052,2 mlrd.so‘mni tashkil qilgan.
2020- yilning shu davri bilan solishtirilganda savdo hajmi 45,7 % ga oshgan.
Shundan,jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan savdo aylanmasi hajmi:
- dehqon bozorlarida - 531,3 mlrd. so‘mni,
- chorva (parranda) bozorlarida - 520,9 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
Hududlar kesimida uyushmagan savdo aylanmasi hajmining 2020- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan eng yuqori o‘sishi Gurlan (88,8 %), Hazorasp (83,9 %), Xonqa (71,6 %) tumanlari hamda Urganch shahrida (52,4 %) qayd etilgan.
Axborot xizmati