22/09/2021

Mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda  targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega.  Shu kunlarda viloyatimizning barcha hududlarida keng jamoatchilikka tadbirning mazmun-mohiyatini etkazish va shu orqali ularning faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan qizg‘in targ‘ibot ishlarini olib bormoqdalar.  Bugun, 22- sentabr kuni  Xonqa tumanidagi 1-son KHM hamda xalq ta’limi bo‘limida, Hazorasp tumanining “Pahlavon Mahmud” mahalla fuqarolar yig‘ini va 23-son umumta’lim maktabida, Qo‘shko‘pir tumanidagi 5-son IDUM da, tuman xalq ta’limi bo‘limi mas’ullari ishtirokida targ‘ibot uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan  tadbirlarda statistika idoralari mutaxassislari tomonidan aholini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari hamda  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

                                                                                Axborot xizmati