Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatda chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 6 077,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020- yil yanvar-avgust oylariga nisbatan 7,0 % ga oshdi.
Shu jumladan:
yirik korxonalarning tovar aylanmasi 776,3 mlrd. so`mni (23,4 % ga kamaydi),
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 5 300,7 mlrd. so‘mni (13,6 % ga oshdi), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 052,2 mlrd. so‘mni (45,7 % ga oshdi).
Hisobot davrida o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 3 200,4 ming so‘mga (2020- yil yanvar-avgust oylariga nisbatan 5,4 % ga oshdi) teng bo‘lgan.
Axborot xizmati