21/09/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 8 oyida viloyatdan  xorijga  qiymati 38,4 mln. dollarlik 73,2 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilingan.

 Taqqoslash uchun: joriy yilning yanvar-iyul oylarida ushbu mahsulotning eksport hajmi 33,2 mln. dollar (64,9 ming tonna) ga teng bo‘lgan.

  Hisobot davrida meva-sabzavot mahsulotlarining eksport tarkibi:

  • Sabzavot - 22,3 mln. AQSh dollar (48,6 ming tonna),
  • Meva va rezavorlar - 13,2 mln. AQSh dollar (13,8 ming tonna).

            Viloyat jami eksport hajmida meva va sabzavotlarning ulushi 27,0 % ni tashkil etgan.

            Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Qirgʻiz Respublikasi (16,9 %), Rossiya Federatsiyasi (10,8 %), Qozogʻiston (10,7%) va Turkmaniston (2,7 %) davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

 

                                                                                                                      Axborot xizmati