20/09/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatda 3 178 ta yangi korxona va tashkilot tashkil qilingan. 2020- yilning  mos davri bilan taqqoslaganda ular sonining o‘sish sur’ati 92,7 % ni tashkil qilgan.

Joriy yilning oylar kesimidagi tahlillarga ko‘ra, viloyatda fevral (459 ta) va avgust (493 ta) oylarida eng ko‘p yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

 Xususan, ularning soni:

  • Yanvar oyida – 428 ta,
  • Fevral oyida – 459 ta,
  • Mart oyida – 384 ta,
  • Aprel – 435 ta,
  • May oyida – 311 ta,
  • Iyun oyida – 388 ta,
  • Iyul oyida – 280 ta,
  • Avgust oyida – 493 tani tashkil qilgan.

                                               

                                                 Axborot xizmati