Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- sentabr holatiga viloyatda 25 898 ta korxona va tashkilot (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Shundan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 24 389 ta bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ular soni 18,4 % ga oshgan.
Joriy yilning 8 oyi davomida viloyatda 3 178 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan.
Axborot xizmati