Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 8 oyi yakunlari bo‘yicha viloyatning Ukraina bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi 6,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan. TSA tarkibida eksportning ulushi - 35,5 % (2,2 mln) ni, importning ulushi - 64,5 % (4,0 mln) ni tashkil qilgan.
Joriy yilning yanvar-avgust oylarida import hajmi bo‘yicha eng yuqori ettitalikka kirgan Ukraina davlatining viloyat jami import hajmidagi ulushi 1,4 % ni tashkil etgan.
Ma’lumot uchun: mazkur davlat bilan viloyat TSA hajmi 2019- yilning yanvar- avgust oylarida– 7,7 mln., 2020- yilning shu davrida – 4,6 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan.
Axborot xizmati