20/09/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-  yilning yanvar-avgust oylari yakuni boʻyicha viloyatning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 423,0 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2020 - yilning mos davriga nisbatan 135,8 mln. AQSh dollariga yoki 47,3 % ga koʻpaygan.

 Shundan, eksport hajmi 142,4 mln. AQSh dollari (23,5 % ga koʻpaygan) boʻlib, import hajmi 280,5 mln. AQSh dollarini (63,2 % ga koʻpaygan) tashkil etdi. Hisobot davrida  138,1 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.

 

                                                                                            Axborot xizmati