Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyul oylarida viloyatda 6 330,4 mlrd.so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan bo‘lib, fizik hajm indeksi 109,8 % ni tashkil qilgan.
Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi:
- ishlab chiqarish (qayta ishlash) sanoatida – 110,7 %,
- tog‘-kon va ochiq konlarni ishlash sanoatida – 93,6 %,
- elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoatida – 96,1 %,
- suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoatida – 93,4 %.
Axborot xizmati