10/09/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- avgust holatiga viloyatda ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 4 305 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 807 taga yoki 23,1 foizga oshganligini ko‘rish mumkin. Shundan, 4 014 ta korxona faoliyat ko‘rsatgan.

?Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra eng ko‘p oilaviy korxona:

  • savdoda – 1 235 ta (umumiy sondagi ulushi 31,0 %),
  • sanoatda – 1 092 ta (27,2 %),
  • yashash va ovqatlanish sohasidagi xizmatlarda – 782 ta (19,5 %),
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 470 ta (11,7 %) ni tashkil qilgan.

 

Shuningdek, qurilish (8,2 %), axborot va aloqa (0,7 %), tashish va saqlash xizmatlari (0,6 %), sohalarida oilaviy korxonalarning ulushi kamligi kuzatilgan.

 

                                                       Axborot xizmati