10/09/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning  yanvar-iyul oylarida  xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi  sanoat korxonalari tomonidan  809,1 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi va ushbu korxonalarning umumiy ishlab chiqarishda tutgan ulushi 12,8 % ni tashkil etdi.

Ma’lumot uchun: 2021- yilning 1- avgust holatiga viloyatda 69 ta xorijiy kapital ishtirokidagi sanoat korxonasi faoliyat yuritib, ular  shu turdagi korxonalar tarkibida eng katta - 36,0 % ulushga ega bo‘lgan.

                                           Axborot xizmati