09/09/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda 2021- yilning 1- avgust holatiga 4 033 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan  819 tasi  (faoliyat yuritayotgan korxonalar umumiy sonining 20,3 %)  Urganch shahriga, 476 tasi (11,8 %) Urganch tumaniga, 357 tasi (8,9 %)  Xiva shahriga, 349 tasi (8,7 %) Xonqa tumaniga to‘g‘ri kelmoqda.

Joriy yilning yanvar - iyul oylarida  630 ta yangi  sanoat korxonalarining 107 tasi Urganch shahrida, 89 tasi Hazorasp tumanida, 63 tasi Urganch tumanida, 62 tasi Xonqa tumanida,  48 tasi Xiva shahrida, 42 tasi Shovot tumanida tashkil qilingan.

Axborot xizmati