Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyul oylarida viloyat sanoat korxonalari tomonidan umumiy hajmi 6 330,4 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan va 2020- yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 109,8 % ni tashkil qilgan.
Hududlar kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi:
- Tuproqqal’a tumani – 2 964,5 mlrd.so‘m,
- Urganch shahri – 1 089,2 mlrd.so‘m,
- Urganch tumani – 365,6 mlrd.so‘m,
- Shovot tumani – 353,9 mlrd.so‘m,
- Xonqa tumani – 301,9 mlrd.so‘m,
- Gurlan tumani – 278,2 mlrd.so‘m,
- Bog‘ot tumani – 246,7 mlrd.so‘m,
- Qo‘shko‘pir tumani – 193,3 mlrd.so‘m,
- Hazorasp tumani -182,7 mlrd.so‘m,
- Yangiariq tumani – 99,9 mlrd.so‘m,
- Xiva tumani – 87,6 mlrd.so‘m,
- Yangibozor tumani – 87,6 mlrd.so‘m,
- Xiva shahri – 79,2 mlrd.so‘m.
Axborot xizmati