08/09/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatda ta’lim sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 226,7 mlrd. so‘mga yetib, bozor xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 4,9 % ni tashkil etdi. 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 159,5 % ni  tashkil etdi.

Taqqoslash uchun: 2020- yilning yanvar-iyul oylarida xizmatlar hajmi 137,7 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan. 2019- yilga nisbatan o‘sish 98,0 % darajasida qayd etilgan.

                                                                     Axborot xizmati