Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyul oylarida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 232,6 mlrd. so‘mni, 2020- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 145,2 % ni tashkil etdi.
Jami qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlarining ulushi 11,4 % ga teng bo‘ldi.
Hududlar bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlarining yuqori ulushi Urganch shahri (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 47,5 %), Xonqa tumani ( 22,1 % ) va Urganch tumanida ( 8,0 %) qayd etilgan.
Axborot xizmati