07/09/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning  yanvar-iyul oylarida viloyatda ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmi 4 582,3 mlrd.so‘mga teng bo‘lgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 122,0 % ni tashkil qilgan.

2020- yilning shu davriga nisbatan iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra barcha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida o‘sish kuzatilib, eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichi quyidagilarda qayd etilgan:

  • Me’morchilik sohasidagi xizmatlar- 169,5 %,
  • Ta’lim xizmatlari – 159,5 %,
  • Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 135,1 %,
  • Ijara xizmatlari – 128,4 %,
  • Moliyaviy xizmatlar – 128,4 %.

 

Axborot xizmati