Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- avgust holatiga viloyatda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 534 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, ularning jami korxona va tashkilotlar soni (23 867 ta) dagi ulushi 2,2 % ni tashkil qilgan.
2020- yilning mos davri bilan solishtirilganda, ularning soni 68 taga yoki 14,6 % oshgani kuzatilgan.
1- avgust holatiga sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarni yillar kesimida dinamikasi:
- 2019- yil – 389 ta,
- 2020- yil – 466 ta,
- 2021- yil – 534 ta.
Axborot xizmati