31/08/2021

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Xorazm viloyati statistika boshqarmasida  tadbir tashkil etildi.

Tadbirni hududiy boshqarma boshlig‘i v.b. X.Egamov tabrik so‘zi bilan ochib, jamoaning barcha a’zolarini ulug‘ ayyom bilan  qutladi. X.Egamov o‘z so‘zida barcha xodimlarning sohani rivojiga qo‘shgan hissalari va samarali mehnatlarini e’tirof etish barobarida, Vatanimiz mustaqilligi bayrami arafasida ko‘plab eldoshlarimiz qatori boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari U.U.Bardiev hamda Xiva tumani statistika bo‘limi boshlig‘i Sh.Bobojonovlarning  “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani ko‘p yillik mehnatning natijasi va yuksak e’tibor namunasi ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, tadbir davomida statistika idoralarida faoliyat yuritib, izlanuvchanligi, o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondoshishi orqali boshqa  kasbdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarga rahbariyatning  faxriy yorliqlari topshirildi.

Viloyat statistika boshqarmasi jamoasi nomidan barcha taqdirlangan hamkasblarimizni yana bir marotaba tabriklaymiz !

 

                                                                                                 Axborot xizmati