Tahlillarga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 4 518,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 13,1 % ga o‘sdi.
Viloyat miqyosida kichik tadbirkorlikning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 86,7 % ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi bo‘yicha Tuproqqal’a (99,8 %), Yangiariq (99,4 %) va Bog‘ot (99,1 %) tumanlari yetakchilik qilmoqda.
Axborot xizmati