27/08/2021

 Xorazm viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyul oylarida viloyatda umumiy hajmi 3 007,7 mlrd. so‘mlik nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilib, jami iste’mol mahsulotlari hajmining 75,9 % ni tashkil qilgan.

 Nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining tarkibi:

  • yengil sanoat mahsulotlari va kiyim ishlab chiqarish - 211,7 mlrd. so‘m,
  • avtomobil ishlab chiqarish - 2 319,3 mlrd. so‘m,
  • boshqa mahsulotlar - 476,7 mlrd. so‘m.            

Shahar va tumanlar kesimida nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori – 79,3 % ulush Tuproqqal’a tumaniga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, tumanda hisobot davrida 2 383,5 mlrd.so‘mlik nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.      

    

                                                                               Axborot xizmati