Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatdan xorijga umumiy qiymati 2,3 mln AQSh dollar bo‘lgan 8,8 ming tonna qovun va tarvuz eksporti amalga oshirilgan.
Taqqoslash uchun: 2020- yilning shu davrida ushbu mahsulot eksporti hajmi 0,3 ming tonnani, jami qiymati 118,0 ming dollarni tashkil qilgan.
Joriy yilning iyul oyida Xorazm viloyatidan 0,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 4,6 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilingan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 7 oyida O‘zbekiston xorijga qiymati 14,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 53,6 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.
Axborot xizmati