27/08/2021

2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda  targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Tuman (shahar) statistika bo‘limi mutaxassislarining sa’y-harakatlari bilan barcha idora va tashkilotlarda targ‘ibot tadbirlarini uzluksiz o‘tkazib kelinmoqda

Bugun, 27- avgust kuni  navbatdagi  targ‘ibot  tadbirlari  Shovot tumanida bo‘lib o‘tdi. Tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda “To‘qmang‘it” mahalla fuqarolar yig‘inida aholini ro‘yxatga olishga puxta tayyorgarlik ko‘rish va unda barcha fuqarolarning uyushqoqlik bilan ishtirok etishini ta’minlash masalasida suhbat tashkil etildi.

Ma’lumki,  joriy yilning 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Xiva shahrida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan  mazkur tadbirda ishtirok etish xohishi bo‘lgan talabgorlar  uchun  mavjud vakant lavozimlarga ishga taklif etish yuzasidan e’lon berilgan edi. Shu kunlarda Xiva shahar Aholini ro‘yxatga olish bo‘limida nomzodlardan har bir lavozimga qo‘yilgan talablar asosida belgilangan tartibda hujjatlarni qabul qilish ishlari boshlandi.

                                                                                Axborot xizmati