25/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1- avgust holatiga viloyatda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 202 tani tashkil etib, ulardan 192 tasi yoki 95,0 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 37 taga yoki 23,9 foizga oshganligini ko‘rish mumkin.

?Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning asosiy qismi quyidagi hududlar hissasiga to‘g‘ri kelgan:

  • Urganch shahri - 65 ta (umumiy miqdordagi ulushi 33,9 foiz),
  • Urganch tumani - 24 ta (12,5 foiz),
  • Xiva shahri - 12 ta (6,3 foiz),
  • Xiva tumani - 12 ta (6,3 foiz),
  • Shovot tumani - 11 ta (5,7foiz),
  • Yangibozor tumani - 11 ta (5,7foiz).

 

✅ 2021- yilning yanvar-iyul oyida viloyatimizda 21 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi.

 

Axborot xizmati