25/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- avgust davriga faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 4 014 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 848 taga yoki 26,8 foizga oshganligini ko‘rish mumkin.

?Hududlar  kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni:

  • Urganch shahri – 640 ta,
  • Urganch tumani – 508 ta,
  • Xiva shahri – 476 ta,
  • Xonqa tumani – 471 ta,
  • Qo‘shko‘pir tumani- 388 ta,
  • Xiva tumani – 299 ta,
  • Bog‘ot tumani – 283 ta,
  • Yangiariq tumani – 239 ta,
  • Yangibozor tumani – 238 ta,
  • Shovot tumani – 162 ta,
  • Gurlan tumani – 141 ta,
  • Hazorasp tumani – 127 ta,
  • Tuproqqal’a tumani – 39 ta.

✅ Joriy yilning  yanvar-iyul oylarida viloyatda 322 ta yangi oilaviy korxona tashkil etilgan.

                                               

                                                       Axborot xizmati