25/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- avgust holatiga viloyatda 2 645 ta qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi korxona va tashkilotlari (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) faoliyat yuritgan. O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslanganda, ularning soni 436 taga yoki 19,7 % ga oshgan. 

   Soha korxonalarining tarkibi:

  • dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va shu sohada xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar – 91,5 %,
  • baliqchilik xo‘jaligi – 8,3 %,
  • o‘rmon xo‘jaligi korxonalari – 0,2 %.

 

 

                                                       Axborot xizmati