07/09/2021

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 10- maydagi PF-6222-son “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi "2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi PF-6122-son Farmoniga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni munosabati bilan, statistika hisobotlarining quyidagi shakllarini topshirish muddatlari 2021-yil 8-sentyabrgacha  uzaytiriladi:

12-narx (xarid) shakli “Sanoat korxonasining xarid qilingan moddiy resurslari o‘rtacha narxlari to‘g‘risida hisoboti”
12-korxona shakli “Tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot”

12-korxona (sanoat) (12-korxona shakliga ilova) “Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risida hisobot”           

12-korxona (savdo)(12-korxona shakliga ilova) “Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi to‘g‘risida hisobot”

12-korxona (xizmat) (12-korxona shakliga ilova) “Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida hisobot”

Shu bilan birga, Davlat statistika qo‘mitasi serverlari kechayu-kunduz ishlashini va hohishingizga ko‘ra hisobotlarni belgilangan muddatdan avval yuborishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.