18/08/2021

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-iyun oylarida 12 ta xorijiy davlatlarga qiymati 14,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan oyoq kiyimlarini eksport qilgan.

Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,8 mln. AQSh dollariga kam.

2021- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston oyoq kiyimlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:

Qirg‘iz R. – 8,1 mln.

Qozog‘iston – 3,3 mln.

Tojikiston – 1,9 mln.

Rossiya – 335,3 ming

Afg‘oniston – 295,6 mingAQSh dollari

2021- yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy davlatlarga eng ko‘p oyoq kiyimlari eksport qilgan hududlar:

Samarqand viloyati – 5,1 mln.

Andijon viloyati – 3,5 mln.

Farg‘ona viloyati – 3,5 mln.

Toshkent viloyati – 590,6 ming AQSh dollari.

Matbuot xizmati