Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida viloyatning Qo‘shko‘pir tumani xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi 10,2 mln. AQSh dollarini tashkil etib (2020 yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 124,5 %), shundandan eksport hajmi 5,4 mln dollarga (10,5 % ga kamaygan), import hajmi- 4,8 mln.dollarga (2,2 marta oshgan) teng bo‘lgan.
? Hisobot davrida tumandan xorijga 0,4 mln. dollarlik qora metall ( o‘sish sur’ati 32,9 marta) eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu mahsulot eksportining viloyat hajmida tumanning ulushi 31,2 % ga teng bo‘lgan.
✅ Qo‘shko‘pir tumani import hajmining tarkibi va 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati:
- Mashina va uskunalar- 2,4 mln. (138 %),
- Oziq-ovqat mahsulotlari – 0,3 mln (4,7 marta),
- Boshqa mahsulotlar – 2,1 mln. AQSh dollari (5,6 marta).
Axborot xizmati