18/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining   ma’lumotlariga ko‘ra,  2021- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda  tirik vaznda 88,5 ming tonna go‘sht yetishtirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mahsulot hajmi 6,2 ga oshgan.

✅ Go‘sht yetishtirish ko‘rsatkichlari xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, mahsulot umumiy hajmining 97,0 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgani kuzatilgan.

? Jami mahsulotning 31,8 % hududlar bo‘yicha go‘sht yetishtirishda yuqori natijalar qayd etilgan Urganch  (9 896 t.), Shovot  (9 251 t.)  hamda Qo‘shko‘pir tumanlari (8 991 t.) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

                                                                                             Axborot xizmati