18/08/2021

2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda  targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega.  Ayniqsa targ‘ibot ishlarining  mahallalar, idora va tashkilotlar kesimida tashkil etilayotgani katta ahamiyat kasb etmoqda.

Bugun, 18- avgust kuni   navbatdagi targ‘ibot tadbirlari Qo‘shko‘pir tumani hokimligi mutaxassislari ishtirokida, Gurlan tumani dehqon bozori mas’ullari hamda Hazorasp tumanidagi “Temirchi maskan”  MFY  faollari davrasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu hududlarda targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilgan statistika bo‘limi  mutaxassislari tomonidan  keng jamoatchilikka  aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish, tadbirning maqsad va vazifalari hamda  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

                                                                                Axborot xizmati