09/08/2021

Bugun,  9-  avgust kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma rahbariyati, hududiy va tarmoq bo‘lim boshliqlari ishtirok etdilar.  Yig‘ilish kun tartibida 2021- yil II chorak yakunlari bo‘yicha Davlat statistika  qo‘mitasida  joriy yilning 27-  iyul kuni o‘tkazilgan kengaytirilgan Hay`at yig`ilishi natijalaridan kelib chiqqan holda, o‘tgan davrda hududiy boshqarmaning tarmoq bo‘limlari hamda tuman (shahar) bo‘limlarining barcha yo‘nalishlardagi faoliyati tanqidiy tahlil qilindi , mavjud kamchiliklarni  bartaraf etish va  galdagi  vazifalarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab olish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

 

Yig‘ilishni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi X. Egamov boshqarib bordi. Yig’ilishda kun tartibiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respbulikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”da davlat statistika idoralariga yuklatilgan vazifalar hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar borasida alohida to‘xtalib, tegishli topshiriqlar berildi. Yig‘ilish yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. 

 

                                                                     Axborot xizmati