09/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra,  2021- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda boqilayotgan chorva mollari va parrandalar bosh soni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari yuqori ulushga ega ekanligi kuzatilgan.

 Jumladan, ushbu turdagi xo‘jaliklar hissasiga:

  • yirik shoxli qoramollar bosh sonining 92,6 %,
  • qo‘y va echkilar umumiy sonining 90,9%,
  • Otlar umumiy sonining 88,2%,
  • parrandalar umumiy sonining 62,6 % to‘g‘ri kelgan.

 

                                                                                Axborot xizmati