04/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda barcha turadgi xo‘jalik toifalari tomonidan 87,8 ming tonna sabzavot yetishtirilgan. Mahsulotning 80,8 % yoki 70,9 tonnasi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar kesimida sabzavot yetishtirish hajmi:

  • Bog‘ot tumani – 19,8 ming tonna,
  • Urganch tumani – 10,5 ming t,
  • Gurlan tumani – 9,6 ming t,
  • Yangiariq tumani – 9,1 ming t,
  • Qo‘shko‘pir tumani – 8,6 ming t,
  • Hazorasp tumani – 7,0 ming t,
  • Xonqa tumani – 6,6 ming t,
  • Xiva tumani – 6,5 ming t,
  • Yangibozor tumani – 3,2 ming t,
  • Shovot tumani – 3,0 ming t,
  • Tuproqqal’a tumani – 1,9 ming t,
  • Xiva shahri – 1,6 ming t,
  • Urganch shahri – 0,4 ming t.

 

 

                                     Axborot xizmati