04/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida  kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 3733,0 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 86,6 % ini tashkil etgan va  2020- yil yanvar-iyun oylariga nisbatan  o‘sish sur’ati 110,7 % ga teng bo‘lgan.

Hisobot davrida viloyat bo‘yicha savdo sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 6 798 tani tashkil qilib, shundan 6 776 tasi yoki 99,7 % kichik tadbirkorlik subyektlaridir.  

 

                                                                         Axborot xizmati