04/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan umumiy hajmi 1 193,8 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan va jami hajmdagi ulushi 21,9 % ni tashkil qilgan.

  2019-2021-  yillarning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlikning viloyat sanoat ishlab chiqarish hajmidagi ulushi dinamikasi:

  • 2019- yil – 30,0 %,
  • 2020- yil – 26,2 %,
  • 2021- yil – 21,9 %.

      Ma’lumot uchun: Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Urganch shahri (190,4 mlrd. so‘m), Urganch (157,5 mlrd. soʻm), Bog'ot (103,5 mlrd. soʻm), Xonqa (102,0 mlrd. soʻm) va Tuproqqal'a (95,7 mlrd. soʻm) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Qo'shko'pir tumanida (45,9 mlrd. soʻm) sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi eng past bo‘lib qolmoqda.

                                                                                Axborot xizmati