04/08/2021

Mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda  targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega.  Shu kunlarda viloyatimizning barcha hududlarida faoliyat yuritib kelayotgan idora va tashkilotlarda statistika idoralari xodimlari tadbirga bag‘ishlangan qizg‘in targ‘ibot ishlarini olib bormoqdalar. Bugun, 4 avgust kuni  ana shu kabi tadbirlar Bog‘ot tuman hokimligi xodimlari ishtirokida, Tuproqqal’a tumani “A.Ibragimov” hamda Urganch tumani “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib o‘tdi.

 

O‘tkazilgan  uchrashuv va suhbatlar davomida  aholini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari hamda  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

                                                                                Axborot xizmati