Davlat statistika qo‘mitasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi tomonidan hududiy statistika boshqarmalari bilan videokonferensaloqa tizimi orqali seminar tashkil etildi.
Seminarda hududiy statistika boshqarmalarining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo‘limlari hamda tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda 14-30- iyun kunlari viloyatlarda o‘tkazilgan kompleks o‘rganishlar natijasida aniqlangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha kamchiliklar, hududlarda amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining holati, aholi punktlarining xaritalarini va aholi soniga aniqlik kiritgan holda xonadonlar ro‘yxatlarini yangilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, seminarda hududiy statistika organlari xodimlarining aholini ro‘yxatga olishga oid qabul qilingan me’yoriy-huquqiy va uslubiy hujjatlarni bilish darajasi sinovdan o‘tkazildi. Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.
Matbuot xizmati