Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda 52,2 ming tonna kartoshka yetishtirilgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan mahsulot hajmi 0,4 % ga oshgan.
Yetishtirilgan kartoshkaning 47,0 ming tonnasi yoki 90,6 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari, 5,2 ming tonnasi (9,4 %) fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Viloyat bo‘yicha eng ko‘p kartoshka Urganch (10,7 ming t.), Bog‘ot (6,7 ming t.), Xiva (5,9 ming t.), Yangibozor (5,4 ming t.) hamda Shovot (5,3 ming t.) tumanlarida yetishtirilgan.
Axborot xizmati