03/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 210,5 ming tonna don yetishtirilgan bo‘lib,  mahsulot hajmi 2020- yilning shu davriga nisbatan 16,8 % ga kamaygan. Jami yetishtirilgan don mahsulotining 62,0 % fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 Hududlar kesimida don yetishtirish hajmi:

  • Xonqa tumani – 27,7 ming tonna,
  • Bog‘ot tumani – 25,1 ming t,
  • Gurlan tumani – 23,2 ming t,
  • Urganch tumani – 22,8 ming t,
  • Qo‘shko‘pir tumani – 22,0 ming t,
  • Hazorasp tumani – 21,1 ming t,
  • Yangibozor tumani – 19,3 ming t,
  • Shovot tumani – 17,6 ming t,
  • Xiva tumani – 15,7 ming t,
  • Yangiariq tumani – 10,6 ming t,
  • Tuproqqal’a tumani – 5,9 ming t.

 

                                     Axborot xizmati