03/08/2021

 Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda tug‘ilganlar soni 16 548  kishini tashkil qildi va  tug‘ilish ko‘rsatkichi 2020-  yilning shu davriga (15 867 kishi) nisbatan  681 taga oshgan.

 Tug‘ilish koeffitsienti mos ravishda 17,6 promilleni (har 1000 aholiga) tashkil qildi va 2020- yilning shu davriga nisbatan 0,5 promillega ko‘paydi.

Tug‘ilish koeffitsientining 2020- yilning mos davriga nisbatan ko‘payishi Qo‘shko‘pir (13,9 promilledan 15,4 promillega), Hazorasp (15,4 promilledan 19,5 promillega), Xonqa (17,5 promilledan 18,4 promillega), Xiva (13,7 promilledan 17,7 promillega), Shovot (15,9 promilledan 17,2) tumanlarida kuzatildi.

 

                                     Axborot xizmati