03/08/2021

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-  yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda 1 265,7 mlrd.so‘mlik  yoki jami qurilish ishlarining 77,1 % ga teng bo‘lgan yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar joy va boshqa ijtimoiy obyektlar barpo etilgan.                 

      ? Bajarilgan yangi qurilish ishlari hajmining tarkibi:

  • Yirik qurilish tashkilotlari – 126,5 mlrd.so‘m,
  • Kichik korxona va mikrofirmalar – 648,8 mlrd.so‘m,
  • Norasmiy sektor – 490,4 mlrd.so‘m.

 Hududlar bo‘yicha yangi qurilish ishlarining yuqori hajmi Urganch shahri (349,8 mlrd. so‘m), Xiva tumani (159,7 mlrd.so‘m), Xonqa tumani (159,2 mlrd.so‘m), Urganch tumani (145,1 mlrd.so‘m) hamda Yangibozor tumani (120,6 mlrd.so‘m) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

                                                                         Axborot xizmati